Bugun, 9-noyabr kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha Gran-Pri musobaqasi boshlanadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda oltinchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqada jahonning 47 mamlakatidan 350 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi.
Musobaqaning birinchi kunida erkaklar o‘rtasida -60 va -66 kg, ayollar o‘rtasida esa -48 kg, -52 kg, -57 kg vazn toifalarida bahslar tashkil qilinadi.
Izoh (0)