Qo‘qon shahar maxsus yengil sanoat kollejidagi jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan deb taxmin qilinayotgan o‘quvchi qizlarning aksariyati kollejga kelguniga qadar nomusini yo‘qotgan, deb xabar berdi Turon 24 kollej tarbiyalanuvchilaridan birining so‘zlariga asoslanib.
Kollej xodimlaridan bir nechtasi o‘quvchi qizlarni zo‘rlashda gumonlanyapti, huquq-tartibot idoralari esa ushbu holat yuzasidan tergov boshlagan.
Jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan deb taxmin qilinayotgan qizlarning besh nafari huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan so‘roq qilinmoqda.
Qo‘qon shahridagi maxsus yengil sanoat kolleji respublikada yagona bo‘lib, unga viloyat, shahar va tumanlardan 18 yoshga to‘lmagan, uyidan qochib ketgan, noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolgan, bezori, qaysidir huquqbuzarligi yoki jinoyati uchun IIBda hisobda turadigan qizlar sud qarori asosida joylanadi.
Izoh (0)