Boshqirdiston bo‘yicha Tergov qo‘mitasi Ufada ichki ishlar vazirligi tergovchisining zo‘rlanishi haqidagi ish doirasida hibsga olingan uch nafar sobiq politsiyachiga nisbatan ayblovlar e’lon qildi, deb yozadi Meduza.
Ular shaxslar guruhi tomonidan zo‘rlash va jinsiy xususiyatga ega zo‘ravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishda ayblanmoqda.
Boshqirdiston Oliy sudi ayblanuvchilarning hibsga olinishini qonuniy deb topdi.
2-noyabr kuni Ufada uch nafar politsiyachi — Ichki ishlar vazirligining Ufa tumani IIBning 51 yoshli boshlig‘i, Karmalinsk tumani IIBning 50 yoshli bo‘lim boshlig‘i, Ufa tumani IIB migratsiya masalalari bo‘yicha bo‘limning 34 yoshli boshlig‘i 23 yoshli tergovchi qizning nomusiga tajovuz qilganlikda ayblanib, qo‘lga olingan edi.
Izoh (0)