• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy Majlisda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasi bo‘yicha “Hukumat soati” o‘tkazildi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatida tarkib topgan yangi an’anaga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan 2018-yil 7-noyabr kuni navbatdagi “Hukumat soati” o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Deputatlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o‘rganish yuzasidan olib borgan ishlari hamda joylarda aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalardan kelib chiqib, quyi palatadagi deputatlar birlashmalari takliflariga ko‘ra, “Hukumat soati”da ko‘rib chiqish uchun ikkita masala — “2018—2019-yillar kuz-qish davrida kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, ko‘p xonadonli turar joy binolari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli to‘g‘risida”gi hamda “2018—2019-yillar kuz-qish davrida aholini barqaror narxlarda va uzluksiz ravishda asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda bu boradagi zaxirani shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning borishi to‘g‘risida”gi masalalar kiritildi.

    Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar savollariga atroflicha javob berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari Qonunchilik palatasiga taklif etildi.

    Tadbirda hukumat vakillari deputatlar tomonidan qo‘yilgan masalalar yuzasidan qisqacha ma’lumot berib, so‘ngra ularning savollariga batafsil javob qaytardilar.

    “Hukumat soati” avvalida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Soliyevga mazkur vazirlik o‘tgan davr mobaynida sohani tubdan yaxshilash, muammolarni bartaraf qilishga doir chora-tadbirlar doirasida sohaning qonunchilik asosini zamon talablariga ko‘ra takomillashtirish borasida yetarlicha tashabbus ko‘rsatmayotgani xususida savollar bilan murojaat etdi.

    O‘z navbatida, vazir deputatlarning tanqidiy ruhdagi savollariga javob qaytarar ekan, bu boradagi muammo va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqish, avvalo, sohaning huquqiy jihatlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi.

    Shu bilan birga, vazir axborotida qayd etilishicha, 2018—2019-yillar kuz-qish davrida kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, ko‘p xonadonli turar joy binolari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan. Joriy yilning 29-oktabr holatiga respublika bo‘yicha ko‘p xonadonli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash bo‘yicha Dastur bilan belgilangan 7657 ta uyning 7621 tasi joriy va mukammal ta’mirlanib, kuz-qish mavsumiga tayyorlangan.

    Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan 546,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Tegishli dastur asosida 181,3 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari mukammal va 610,9 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari joriy ta’mirlangan.

    2018-yil yanvar—oktabr oylari davomida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha 2014 ta transformator punktida, 5834,2 kilometr elektr uzatish tarmog‘ida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilgan. Aholi va ijtimoiy soha muassasalari tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash uchun 41,7 kilometr quvur kapital ta’mirlangan va 95,9 kilometr quvur rekonstruksiya qilingan.

    2018-yil boshidan buyon joylarga 632,7 ming dona maishiy gaz ballonlari, aholi xonadonlari uchun 321569,2 tonna suyultirilgan gaz, ijtimoiy soha muassasalariga 284,9 ming tonna, aholiga esa 433,2 ming tonna ko‘mir yetkazib berilgan. Hududlarda 51,7 ming tonna ko‘mir zaxirasi shakllantirilgan.

    Shu bilan birga, deputatlar vazir e’tiborini bu sohadagi ishlar samaradorligini oshirish lozimligiga qaratdi.

    “Hukumat soati”da navbatdagi masala yuzasidan so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Bahodir Yusupov joriy yilning kuz-qish davrida aholini barqaror narxlarda, asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, bu boradagi zaxirani shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash xususida axborot berdi.

    Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari hajmi ko‘payishiga erishilmoqda. Xususan, 2018-yil oxirigacha 11,2 million tonna sabzavot, 2,9 million tonna kartoshka, 2,7 million tonna meva, 2,1 million tonna poliz va 1,7 million tonna uzum yig‘ib-terib olinishi ko‘zda tutilgan. Umuman, o‘tgan yilga nisbatan 1,4 million tonna ko‘proq yalpi hosil olish rejalashtirilgan.

    Meva-sabzavot, poliz, uzum va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilish hajmi ham ortmoqda. 2018-yilning 9 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 190 million dollar ko‘proq, ya’ni 587 million dollari qiymatidagi 972 ming tonna (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 351 ming tonnadan ortiq) yangi va quritilgan meva-sabzavot, poliz va uzum mahsulotlari eksport qilinishiga erishildi.

    Shu bilan birga, deputatlar Prezidentning tegishli qarorlari asosida respublikada parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, kartoshkachilik, limonchilikni rivojlantirish borasida ham tizimli ishlar olib borilayotganini e’tirof etdi. 2017-yilga nisbatan parranda go‘shti (179 ming tonna) va tuxum ishlab chiqarish (7,1 milliard dona) 6 foizga, baliq yetishtirish (150 ming tonna) 30 foizga, kartoshka yetishtirish (3 million tonna) 7 foizga, limon yetishtirish (30 ming tonna) 43 foizga, asal ishlab chiqarish (17 ming tonna) 38 foizga oshishi kutilayotgani aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash darajasini yaxshilash imkonini beradi.

    Xo‘jaliklar tomonidan buyurtmalar bo‘yicha yetkazib berilgan, xorijga eksport qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tashqari hozirgacha 25 ming tonnaga yaqin kartoshka, 30 ming tonnadan ortiq piyoz, 15 ming tonnadan oshiq sabzi va 6 ming tonnadan ziyod guruch zaxirasi yaratilgan.

    “Hukumat soati” yakunida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan bu sohadagi ishlar yanada samarali tashkil etilishi lozimligi ta’kidlandi. Ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga kelishib olindi.

    08.11.2018, 10:41   Izoh (0)   8638
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Rossiya sinov loyihasi doirasida milliy valyutalardagi hisob-kitoblar ustida ishlaydi

    08.11.2018, 10:18

    Aziz Sanjar: Muvaffaqiyat Nobel mukofotini olish emas, balki Vataningizga, xalqingizga va insoniyatga xizmatda bo‘lishdir

    08.11.2018, 10:02

    Olmaota—Toshkent yo‘nalishidagi avtobusga o‘q uzildi

    08.11.2018, 09:56

    “Daryo” surishtiruvi: Andijon xalqaro aeroporti yopiladimi?

    08.11.2018, 09:48

    O‘zbekistonlik modellar Seuldagi Asia Model Festival xalqaro modalar festivalida qatnashadi

    08.11.2018, 09:35

    Andijonda turli yoshdagi 450 bola haligacha tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olmagani aniqlandi

    08.11.2018, 09:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40

    Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 21:10

    “Real” navbatdagi shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

    Sport | 20 iyul, 20:55

    Isroil bosh vaziri ovqatdan zaharlandi

    Dunyo | 20 iyul, 20:40

    Eronliklarga tanqislik sabab suvdan kamroq foydalanish buyurildi

    Dunyo | 20 iyul, 20:15

    Tramp Eronga yangi zarbalar bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 19:50

    Isroil G‘azo markazidagi tinch aholini evakuatsiya qilishni boshladi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:25

    Gongkongga Vifa to‘foni yopirildi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.