Rossiyaning Lvov shahrida yashovchi ayol turmush o‘rtog‘ining jasadini bir hafta davomida shkaf orqasida saqlab keldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
73 yoshli ayolning qo‘shnilari uning ustidan bir necha marta shikoyat qilgan. Qo‘shnilar ayolning ruhiy kasal ekanligi va ular uchun xavf tug‘dirayotganidan noligan.
Uyda yashovchilar o‘tkir yoqimsiz hid tufayli ayolning uyiga bostirib kirgan. U yerda esa tartibsizlikdan tashqari, ayolning erining jasadini ham ko‘rishgan. Jasad shkaf orqasiga yashirib qo‘yilgan, ustiga esa kurtka yopilgan edi. Qo‘shnilarning taxmin qilishicha, jasad uyda kamida bir hafta yotgan.
Izoh (0)