Britaniyalik Ross Ejli Buyuk Britaniyani suzib aylanib o‘tgach, Ginness rekordlari kitobiga kirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
33 yoshli Ejli Margit dengizbo‘yi shahridan 1-iyun kuni yo‘lga chiqib, ulkan orolni soat mili yo‘nalishida aylanib suzib o‘tishni boshlagan. Yo‘lda unga dengizchi Mettyu Nayt katamaranda hamrohlik qildi, Ross uning bortida dam oldi va tunadi.
Ejli 157 kun davomida suzib, 3317 km masofani bosib o‘tdi, bunda u biror marta ham qirg‘oqqa chiqmadi. Rekordchi safarini o‘zi besh oy avval start olgan nuqta — Margit plyajida yakunladi.
Izoh (0)