AQSh Yevropa Ittifoqining “ikkita frontda” — ham Eron, ham AQSh bilan biznes olib borishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Amerika Davlat kotibi Mayk Pompeo aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Yevropa kompaniyalariga bir vaqtning o‘zida ham AQSh, ham Eron bilan biznes olib borishga ruxsat berilmaydi”, — deb ta’kidladi u.
Nashr eslatishicha, 2-noyabr kuni AQSh 2015-yilgi yadro kelishuvi doirasida Erondan olib tashlangan barcha sanksiyalar qayta tiklanishini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)