Londonning “Arsenal” futbol klubi sobiq hujumchisi Niklas Bendtner 50 sutkaga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Sportchining advokatlari sudning ushbu qarori ustidan apellyatsiya bergani munosabati bilan, futbolchi yuqori turuvchi instansiyaning yakuniy qarori chiqquniga qadar qo‘yib yuborildi.
Futbolchi va taksi haydovchisi o‘rtasidagi mojaro sentabr oyida yuz bergan edi. Janjal Bendtner taksi haydovchisi xavfsizlik qoidalarini buzgani va rulda o‘tirgani holda telefon orqali gaplashgani uchun yo‘l haqini to‘lashdan bosh tortgani sabab kelib chiqqandi.
Niklas Bendtner ayni vaqtda Norvegiyaning “Rusenborg” klubi futbolchisi sanaladi. U bungacha Angliyaning “Arsenal”, Germaniyaning “Volfsburg” va Italiyaning “Yuventus” klublarida to‘p surishga ulgurgan.
Izoh (0)