Kecha, 2-noyabr kuni Rossiyaning Moskva shahrida Xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi — AIBA’ning 2018-yilgi kongressi chog‘ida Butunjahon boks seriyasi — WSB musobaqasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zgarishlar Olimpiada o‘yinlariga kiritilgan yangi vazn toifalari bilan bog‘liq. Unga ko‘ra endilikda bokschilar yengil -52 kg, 57 kg, 63 kg, 69 kg vaznlarida, shuningdek, og‘ir -75 kg, 81 kg, 91 kg, +91 kg vaznlarida bahs olib boradi.
Tokio—2020 kvotalariga ega bo‘lishda bokschilarning WSB’ning IX hamda X mavsumlari yakunidagi reytingiga qaraladi. AIBA va WSB X mavsum so‘ngida har bir davlat uchun kvotalar sonini e’lon qiladi.
2019-yilda start oladigan WSB mavsumida Olimpiada o‘yinlari uchun 32 ta yo‘llanma o‘ynaladi.
Bu Olimpiadaning boks bo‘yicha musobaqalari uchun ajratilgan yo‘llanmalarning 10 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Agar biror bir davlat bokschisi yo‘llanmadan foydalanmasa, u avtomatik ravishda reytingdagi keyingi bokschiga o‘tadi.
Izoh (0)