London politsiyasi moliyaviy vaziyatni yaxshilash va qo‘shimcha mablag‘ topish mqsadida Skotland-Yard brendi ostida tovar sotishga qaror qildi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Bu bilan Buyuk Britaniya poytaxti Nyu-York politsiyasining muvaffaqiyatli tajribasini takrorlamoqchi — NYPD brendi ostidagi mahsulotlar 15 yildan beri sotiladi.
To‘plangan mablag‘ Skotland-Yard budjetidagi kamomadni to‘ldirishi kutilmoqda. London meriyasi hisob-kitobiga ko‘ra, poytaxt politsiyasi 2021-yil apreliga qadar qo‘shimcha 418 million dollar ishlab topishi zarur.
Hozircha kiyim-kechak, o‘yinchoqlar, stol o‘yinlari, kanselyariya mollari, uy-joy mollari va turistik esdalik sovg‘alar sotilishi kutilmoqda. Ayni paytda, politsiya formasiga o‘xshash kiyim sotilishi rejalashtirilmayapti.