Isroillik olimlar guruhi avtomobillar uchun ekologik toza vodorod yoqilg‘isini yaratganini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Bunday yoqilg‘i yonganidan keyin havoga uglerod gazi va boshqa xavfli kimyoviy birikmalarni chiqarmasligi kerak. Ayni paytda ishlanma nazariy hisoblanadi, chunki toza vodorod Yerda deyarli mavjud emas, uni tayyorlash esa juda samarasiz hisoblanadi.
Vodorodning eng yirik potensial manbai suv hisoblanadi. Agar olimlar vodorod va kislorod molekulalarini ajratishning qulay usulini topa olsa, yoqilg‘ini yaratish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)