• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Samarqandda haydovchi piyodani urib yuborib, uni shifokorga olib bormay uyida saqladi. Jabrlanuvchi vafot etdi

    Joriy yilning 12-avgust kuni erta tong soat taxminan 05:20 atrofida Urgut tumani “Kulolli” mahallasi Navoiyshoh ko‘chasi 146-uy oldida U.A. ismli shaxs o‘zi boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Urgut tumani “Yuqori Torinjak” mahallasida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro Sherzod Sultonovni urib yuborgan. Natijada Sherzod Sultonov boshidan tan jarohati olgan. Qiziq tomoni shundaki, haydovchi U.A. jabrlanuvchini shifoxonaga emas, balki o‘z uyiga olib ketgan. Aynan shundan so‘ng kishi tasavvuriga sig‘dira olmaydigan voqealar sodir bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bosh qismidan tan jarohati olgan Sherzod Sultonov o‘z vaqtida shifoxonaga olib borilmaganligi sababli oradan 3 kun o‘tib, aniqrog‘i 15-avgust kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyat filialida vafot etgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur holat bo‘yicha “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev marhumning ota-onasi va yaqinlari bilan suhbatda bo‘lib qaytdi.

    – “Biz o‘g‘limiz avtohalokatga uchraganini oradan yetti soat o‘tgandan so‘ng xabar topdik”, – deydi marhumning otasi Rajab Sultonov. – “Sababi, avtohalokatdan so‘ng haydovchi o‘g‘limni shifoxonaga olib bormagan. Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng 10 daqiqa o‘tib o‘zim o‘sha yerdan o‘tdim. Haydovchi o‘g‘limni voqea joyiga tashlab qochib ketgan taqdirda ham o‘zim vaqtida shifoxonaga olib borardim. Avtohalokat erta tongda bo‘lgani uchun ko‘pchilik ko‘rmagan. Ko‘rganlar ham u mening o‘g‘lim ekanligini bilishmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Rajab Sultonovning ma’lum qilishicha haydovchi U.A. jabrlanuvchi Sherzod Sultonovni urib ketganidan so‘ng uni o‘z mashinasida uyiga olib borgan. U.A. akasi A.A.ga mashinasida odam urib yuborganligini, uni shifoxonaga olib borish lozimligini aytgan. Biroq, A.A. jabrlanuvchini shifoxonaga olib borsa ortiqcha tashvish paydo bo‘lishi, qolaversa qog‘ozbozlig-u, militsiyabozlik ko‘payib ketishini aytib, jabrlanuvchini o‘zlari davolashmoqchi bo‘lishgan.

    – “Aslida o‘g‘limni U.A. urib yuborgan. Ammo u voqeani akasi A.A.ga aytib berganidan so‘ng, akasi uni ishga ketaverishini, masalani o‘zi hal qilishini aytib haydovchini boshqa joyga yuborgan. A.A. esa avtohalokatga sababchi bo‘lgan Nexia rusumli avtomobilni uyga qo‘yib, Spark rusumli avtomobilda o‘g‘limni boshqa bir uyga olib borgan”, — deydi jabrlanuvchining onasi Fotima Rasulova. – “Shifokorlarning aytishicha, avtohalokatdan so‘ng to‘g‘ri shifoxonaga olib borganida o‘g‘lim tirik qolishi mumkin ekan. Biroq, ular 5 soatdan ko‘p vaqt davomida o‘g‘limni o‘z uylarida o‘zlaricha davolashga uringan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi U.A. ning akasi A.A. jabrlanuvchi Sherzod Sultonovni avtohalokat sodir bo‘lgandan so‘ng uyiga olib borib, turli yo‘llar bilan davolashga harakat qilgan. Biroq, ular ko‘rsatgan yordam natijasida jabrlanuvchining salomatligigaga hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganidan so‘ng uni soat taxminan 10:40 atrofida tuman markaziy shifoxonasiga olib borshigan.

    8 yildan buyon xususiy stomatologiya klinikasida tish yasovchi vrach sifatida ishlab kelgan Sherzod Sultonovning 3 nafar farzandi bo‘lgan. Katta farzandi shu yil birinchi sinfga qadam qo‘ygan bo‘lsa, kichik farzandi endigina uch oylik bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    – “Avtohalokatdan so‘ng haydovchiga nisbatan hech qanday chora ko‘rmadi. Ushbu voqeadan 15 kun o‘tgan bo‘lsa-da U.A. hech narsa bo‘lmagandek yuraverdi. Oxiri O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, Prezidentning vertual qabulxonasiga murojaat qildik”, – deydi Rajab Sultonov. – “Ammo, masalaning boshqa tomoni bor. O‘g‘limni 5 soat davomida uyda saqlab, uni shifoxonaga olib bormagan A.A.ga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmayapti. Nega? Axir, u avtohalokatga uchragan o‘g‘limni shifoxonaga olib borish o‘rniga o‘z uyida saqlab turgan-ku?!

    Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi U.A.ning akasi A.A. dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan. U o‘z uyida Sherzod Sultonovga turli og‘riq qoldiruvchi dorilar orqali yordam berishga uringan. Biroq ularning bemorga qo‘llagan dori vositalari hech qanday yordam bermaganidan so‘ng soat 10:40 atrofida tuman markaziy shifoxonasiga olib borishgan. Ajablanadigan jihati shundaki, A.A shifokorlarga bemorni avtohalokatdan emas, balki uydagi ustalarga yordam berayotgan vaqtda devordan yiqilib tushdi deb aytgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    – “Sentabr oyining oxiri, oktabr oyining boshlarida Urgut tumaniga kelgan Xalq demokratik partiyasi raisi Hotamjon Ketmonovni tasodifan uchratib qoldim. Prezidentlik saylovida nomzodini qo‘ygani uchun tezda tanib, turmush o‘rtog‘im bilan sodir bo‘lgan voqeani aytdim. Biz chamasi 15 daqiqacha suhbatlashdik. Bo‘lgan voqealarni eshitib, mazkur holatni to‘liq nazoratga olishini bildirib o‘tdi. Qolaversa, bu masalani tuman hokimi bilan muhokama qilishini aytib, tuman hokimligiga chaqirdi. Biz tuman hokimligiga bordik. Ammo avvaliga hokimlikga bizni kiritishni istamadi. Hotamjon Ketmonovning talabi bilan bizni yig‘ilishga kirishimizni aytganidan so‘ng hokimlik vakillari majlis bo‘ladigan zalga bizni kiritishga majbur bo‘lishdi”, – deydi Sh.Sultonovning turmush o‘rtog‘i Mo‘mina Rasulova.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ayni paytda Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2018-yilning 7-sentabr kuni haydovchi U.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” chorasi qo‘llanilgan. Hozirda mazkur holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Avtohalokat natijasida boshidan tan jarohati olib, vafot etgan Sherzod Sultonov bilan bog‘liq jinoyat ishi nega ortga surilib, marhumning yaqinlari respublikaga qilgan murojaatidan so‘ng jiddiy tarzda o‘rganishga kirishilayotganligini tushunish qiyin.

    Urgut tuman miqyosida ushbu jinoyatni o‘z vaqtida ko‘rishni ortga surilganligining sababi nimada?

    Qolaversa, avtohalokatga uchragan odamni shifoxonaga olib bormay, o‘z uyida davolashga uringan A.A.ga nisbattan qanday chora ko‘riladi?

    “Daryo” mazkur holat yuzasidan voqealar rivojini kuzatib boradi.

    31.10.2018, 12:17   Izoh (0)   57793
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Molekulyar allergologiya xalqaro markazi tuziladi

    31.10.2018, 11:45

    O‘zbekistonda birinchi olimpiya suv havzasi foydalanishga topshirildi

    31.10.2018, 11:10

    Samarqandda yomg‘irdan keyin ko‘chalarni suv bosdi (foto)

    31.10.2018, 10:57

    Xitoy elchisi farg‘onalik jurnalistlar bilan uchrashdi

    31.10.2018, 10:30

    Jismoniy shaxslarga 5 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmay O‘zbekistondan olib chiqishga ruxsat etiladi

    31.10.2018, 09:16

    Namanganda XTB mudiri hokimning paxta terimiga xodimlarni yuborish talabiga bo‘ysunishdan bosh tortdi

    31.10.2018, 08:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Netanyaxu genotsidda Gitlerni ortda qoldirdi” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 23 iyul, 17:30

    Prezident maktablariga kirish imtihoni natijalari eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 17:12

    O‘zbekistonda 3 mingdan ziyod qadimiy tangalar noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 17:05

    “Jeff Bezos bizni unashtiruv bilan tabrikladi”. Maryam Tillayeva sevgan yigiti qanday qilib qo‘lini so‘ragani haqida gapirdi

    Shou-biznes | 23 iyul, 16:55

    Xitoylik xakerlar AQSH yadro xavfsizligi tizimiga hujum qildi — Bloomberg

    Dunyo | 23 iyul, 16:45

    “Milan”da 64 yil oldingi holat qayd etildi

    Sport | 23 iyul, 16:40

    Xorijiy mamlakatlar haqida sayyohlik bukletlaridan ham ko‘proq ma’lumot bera oladigan suratlar

    Layfstayl | 23 iyul, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.