“Oq kaskalar” nohukumat tashkiloti a’zolari uyushtirilgan kimyoviy hujum syomkalariga kirishgan. Bu haqda Aleppo viloyati aholisiga tayanib, Suriyada urushayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi ma’lum qildi, deb yozadi “Exo Moskvi”.
Harbiylarning ma’lum qilishicha, jangarilar Marea shahri hududida hukumat qo‘shinlarini o‘t ochishga provokatsiya qilish, keyinroq esa zaharli moddalari bo‘lgan snaryadlar bilan artilleriyadan o‘qqa tutishni sahnalashtirishni rejalashtirmoqda.
“Shundan so‘ng dunyoga hukumat qo‘shinlari tomonidan ‘kimyoviy qurol’ qo‘llanishining navbatdagi qurbonlari namoyish etiladi”, — deydi Markaz.
Izoh (0)