Rossiyalik bastakor Vladimir Borodin YTH oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda shoir va prodyuser Nikolay Biryukov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Bastakor bilan birgalikda mashinada o‘g‘li va kelini bo‘lgan. Hozirda ular kasalxonada og‘ir holatda ekanligi bildirilmoqda.
52 yashar Borodin Rossiya estradasining ko‘plab vakillari bilan ishlashga ulgurgan, Kristina Orbakayte, Grigoriy Lepc va Aleksey Glizin uchun qo‘shiqlar yozgandi.
Izoh (0)