Xitoylik olimlar 2030-yilga kelib dunyodagi eng kuchli elektron kollayderni barpo etishni rejalashtirmoqda. Loyiha taxminan 5 milliard dollarga tushadi, deb yozadi “Nauka”.
Xitoy fanlar akademiyasi vakillari kollayder quriladigan joyni hali tanlash lozimligini ma’lum qildi. Obyekt aylanasi uzunligi 100 kilometr, og‘irlik markazi energiyasi 240 gigaelektronvoltni tashkil etib, jahon rekordini o‘rnatadi.
Circular Electron Positron Collider (CERS) mavjud CERN’ga qaraganda ko‘proq Xiggs bozoni ishlab chiqarishi kutilmoqda.
Kollayder loyihasini ishlab chiqishda AQSh, Yevropa va yaponiyalik mutaxassislar qatnashdi. Ular qurilish jarayoniga ham boshchilik qiladi va keyinchalik kollayder yordamida tadqiqotlar o‘tkazadi.
Izoh (0)