Jahon kinematografiyasining eng maftunkor va ko‘p haq oluvchi aktrisalaridan biri Julia Roberts 28-oktabr kuni 51 yoshga to‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
U Smirna shahrida (AQSh, Jorjiya shtati) dunyoga kelgan. Juliya Fiona matras sotuvchisi va aktyor Uolter Greydi Roberts va cherkov kotibi Betti Lu Bredemas oilasida uchinchi farzand edi.
Aktrisaga birinchi muvaffaqiyat va “Oltin globus” mukofotini “Po‘lat magnoliyalar” (1989) filmi keltirdi. 1990-yilda aktrisa ikkinchi “Oltin globus” va “Gollivudning yangi yulduzi” maqomini Garri Marshallning “Krasotka” melodramasidagi bosh roli uchun qo‘lga kiritdi. Keyinchalik Julia turli-tuman mukofotlar sohibiga aylandi. Jumladan, Stiven Soderbergning “Erin Brokovich” (2001) biografik filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotini olgan. 2010-yilda San-Sebastyandagi xalqaro kinofestivalda Robertsga kinematografiyadagi buyuk yutuqlari uchun Donostia mukofoti topshirildi.
Aktrisaning xizmat ro‘yxatidan kino va televideniyedagi 60 dan ortiq ish joy olgan.
Izoh (0)