Biroz oldin Farg‘onada futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining final bellashuvi yakuniga yetgani, unda AGMK “Paxtakor”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, chempion bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
O‘z tarixida ilk bor finalga chiqqan olmaliqliklar mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan hisob bo‘yicha sakkizinchi klubga aylandi. Endi AGMK 2019-yilda Osiyo Chempionlar Ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Jamoa musobaqani guruh bosqichiga chiqish uchun saralashdan boshlaydi.
O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan barcha klublar:
“Paxtakor” — 11 marta“Bunyodkor” — 4“Navbahor” — 3“Lokomotiv” — 3“Neftchi” — 2“Nasaf” — 1“Do‘stlik” — 1AGMK — 1
Izoh (0)