Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Turon24 xabar berdi.
Nashr manbasining xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi qarorni 25-oktabr kuni imzolagan.
Aytilishicha, Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tishi kutilyapti.
2018-yil avgust oyida sobiq birinchi o‘rinbosar Odil Tojiyev Toshkent viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Izoh (0)