Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining direktori vazifasini bajaruvchi tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Hukumat qarori bilan Adham Sharipovich Bekmurodov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, xorijiy mutaxassislar, shu jumladan, vatandoshlarni ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga jalb etish, kadrlarni xorijda tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish “El-yurt umidi” jamg‘armasining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Izoh (0)