Bosh prokuratura huzuridagi departament Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan ma’lumotnoma berish uchun pul talab qilgan kardiolog-shifokor qo‘lga olindi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xankin tumani Markaziy poliklinikasining kardiolog-shifokori Z.K. fuqaro G.X.dan pora sifatida 200 dollar va 200 ming so‘mni olayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Shifokor bu pullar evaziga yurak xastaligi bo‘yicha tegishli ma’lumotnoma rasmiylashtirishi kerak edi”, — deya ta’kidlanadi Bosh prokuratura xabarida.
Mazkur fakt bo‘yicha Z.K.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari 4olib borilmoqda.
Izoh (0)