“Portu” darvozaboni Iker Kasilyas Moskvaning “Lokomotiv” klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinidan oldin “qovun tushirgani” haqida biroz avval xabar berilgandi.
Kasilyas Qizil maydonda sayr qilib, Twitter‘ga o‘yin haqida xabar yozdi, ammo Moskva klubi o‘rniga Toshkentning “Lokomotiv” klubini belgilab qo‘ydi.
“JCh—2018 vaqtida televideniyedan to‘plagan tajribamdan so‘ng, @LokomotivUzb ga qarshi Chempionlar Ligasida o‘ynash uchun ushbu go‘zal shaharga qaytdim” — deb yozdi Kasilyas.
Shundan keyin “Lokomotiv” matbuot xizmati bu tvitni bee’tibor qoldirmadi va Iker Kasilyasga hazil tarzida javob qaytardi:
“Iker Kasilyas, Toshkentda sizni osh kutmoqda. Bu borshchdan ko‘ra yaxshiroq. Jamoamiz ham anchagina kuchli. Biz haqimizda ”Galatasaroy“ jamoasi muxlislaridan so‘rang”, — deb yozadi “Lokomotiv” rasmiy Twitter’i.
Izoh (0)