AQSh genetiklari barcha 307 turdagi bakteriologik patogenlar va ularning barcha xavfli turlarining izlarini qon tomchisida aniqlay oladigan “universal” testni yaratdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Olimlarning ma’lum qilishicha, yangi ishlanma tasdiqlansa, u shifokorlarga barcha ma’lum patogen mikroblarning izlarini, shu jumladan AQShda o‘limning uch asosiy sabablaridan biri bo‘lgan qon zararlanishi “aybdorlarini” tez va juda aniq izlashga imkon beradi.
Bu texnologiya an’anaviy usullardan ko‘ra ming marta kuchliroq sezish imkoniyatiga ega.
Izoh (0)