Qozog‘iston to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda, mamlakat ulushi taxminan 70 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda investitsiya va taraqqiyot bo‘yicha vazir Jenis Kasimbek ma’lum qildi, deb yozadi “Sputnik Qozog‘iston”.
“Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida asosiy kapitalga investitsiyalar umumiy hajmi 21,6 foizga oshib, 7,5 trillion tengeni (20,5 milliard dollar) tashkil etdi. Tog‘-kon sanoatida ham o‘sish kuzatilmoqda — 41,4 foiz, qurilishda — 37,1 foiz, qayta ishlash sanoatida — 26,4 foiz”, — deydi vazir.
Investitsiyalar jalb etishda Atirau viloyati yetakchilik qilmoqda. Investitsiyalarning 35,8 foizi mazkur viloyat ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Undan keyingi o‘rinlardan Ostona (9,2 foiz) va Olmaota (6,5 foiz) joy olgan.
Izoh (0)