• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Moliya vazirligi — tariflar oshirilishi oqibatlarini yumshatish haqida

    Hukumat tariflar oshirilishi oqibatlarini yumshatish uchun choralarni ko‘radi. Issiqlik energiyasi tariflari oshirilishi cheklanadi. Neft mahsulotlari va gazga aksizlar pasaytiriladi, deya xabar qildi Moliya vazirligi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Davlat tomonidan maqsadli subsidiyalar, soliq imtiyozlari va boshqa yengilliklar taqdim etish yo‘li bilan yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlari uzoq yillar davomida qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Ushbu maqsadlarga har yili Davlat budjetidan katta miqdordagi mablag‘lar davlatning kvazifiskal xarajatlari deb yuritiluvchi shaklda ajratilib kelingan.

    Lekin jahon tajribasi ko‘rsatishicha, muayyan toifadagi korxonalarni doimiy ravishda dotatsiya berish orqali qo‘llab-quvvatlash hamda narx siyosatini shakllantirishning bozor mexanizmlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv ularning faoliyati samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, pirovardida shunday iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlar kelib chiqadiki, bundan butun jamiyat aziyat chekadi.

    Energoresurslar tariflari va ularning tannarxi

    Yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarining moliyaviy ahvoli tahlili ularning samaradorligi pasayganini, iqtisodiyot tarmoqlariva aholini energiya bilan barqaror ta’minlashda muammolar va uning yomonlashuvi xavflari ortib borishini ko‘rsatmoqda. Bu, shu jumladan yoqilg‘i-energetika resurslarining asosiy turlariga narx belgilashdagi disproporsiyalar ortib borishi bilan ham bog‘liq.

    Disproporsiya paydo bo‘lishi natijasida zarar va qarzlar hosil bo‘ldi. Iqtisodiyotdagi debitorlik qarzlar miqdori shunchalik ko‘payib ketganedi-ki, bu holat nafaqat alohida xo‘jaliklar, balki butun bir tarmoqlarning keyingi faoliyati umuman to‘xtab qolishi xavfini vujudga keltirdi. Shu bois yillar davomida “umidsiz” qarzlar subsidiya ajratish orqali yoki budjet hisobidan, ya’ni, haqiqatda soliq to‘lovchilar mablag‘lari hisobidan qoplanar edi. Bunday amaliyot esa o‘zlashtirishlar, suiiste’molliklar va turli korrupsion sxemalar paydo bo‘lishiga olib keldi.

    Masalan, 2017-yilda “O‘zbekneftgaz” AJ ning 8 trln so‘m “umidsiz” qarzlari, shu jumladan “O‘ztransgaz” AJ ning 7,5 trln so‘mva “O‘zneftmahsulot” AJ ning 0,5 trln so‘m qarzlari kechib yuborildi. “O‘ztransgaz” AJ ning qarzlari “O‘zbekenergo” AJ tomonidan 3 trln so‘m, aholi tomonidan – 2,7 trln so‘m, “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan 1,4 trln so‘m va issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan 0,4 trln so‘m mablag‘lar to‘lanmagani natijasida kelib chiqdi. O‘z navbatida, “O‘zneftmahsulot” AJ dan esa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, asosan fermer xo‘jaliklari qarz bo‘lib qolishgan.

    Tabiiy gaz

    Tabiiy gaz iste’molchilarga 1 ming kubometri o‘rtacha 289,7 ming so‘mdan sotilmoqda. Aslida, iste’molchiga yetkazib berish xarajatini hisobga olganda uning ishlab chiqarish tannarxi - 612,8 ming so‘mga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, sotilayotgan gazning har ming kubometridan kompaniya 323,1 ming so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar ko‘rmoqda.

    Elektr energiyasi

    O‘zbekistonda har yili o‘rta hisobda 64 mlrd kvt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, shundan 83 % tabiiy gazni ishlatish orqali. Issiqlik elektrostansiyalari va issiqlik elektrotsentrallarda 1 kvt/soat elektr energiyasining ishlab chiqarish tannarxi 193,2 so‘mni tashkil etadi, sotish narxi esa — 228,6 so‘m, qo‘shilgan qiymat solig‘ini chiqarib tashlaganda190,5 so‘m. Demak, har bir kvt/soat elektr energiyasini sotishdan “O‘zbekenergo” AJ - 2,7 so‘mdan zarar ko‘radi.

    Benzin va dizel yonilg‘isi

    AI-80 markali avtobenzinning 1 litri uchun o‘rnatilgan narx3 800 so‘mni tashkil etadi. Lekin uni ishlab chiqarish va iste’molchiga yetkazib berish jarayonida ko‘rilayotgan zarar har 1 litriga 1 414 so‘mni tashkil etadi. Dizel yonilg‘isining 4 600 so‘m/litrga sotish narxida har bir litridan 1 416 so‘m zarar ko‘riladi.

    Bu yerda tannarxga ta’sir etadigan omil mahalliy xomashyoning yetishmasligi hamda neft mahsulotlarini import qilish zaruratidir. Aynan shu import neft mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarining 75 % dan ortig‘ini tashkil etadi. Qayd etish lozimki, avtobenzin va dizel yonilg‘isi uchun hozirgi kungacha amalda bo‘lgan narxlar Brent markali neftning narxi jahon bozorida bir barreliga 62 AQSh dollari bo‘lgan vaqtda belgilangan edi. Ayni vaqtda esa bir barrel neftning narxi taxminan 80 AQSh dollarigacha o‘sgan.

    Energetika sohasidagi islohotlar —  yetilgan zaruriyat

    Resurslarning haqiqiy qiymati bilan o‘rnatilgan tariflar o‘rtasidagi ulkan farqni hech qaysi nuqtai nazardan oqlab bo‘lmaydi. Buning ustiga, amaliyotda ko‘rinib turganidek, tariflarning pastligi ado bo‘lmaydigandek tuyuladigan qimmatbaho, lekin arzon resurslarni nazoratsiz, o‘ylamay sarflashga olib kelyapti. Iste’molchilar zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish haqida o‘ylamaydilar – ularga bu foydali emas. Shunday qilib, narx belgilashning noto‘g‘ri shakllangan tizimi yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarining faoliyati yomonlashuviga olib kelmoqda, istiqbolda esa butun mamlakat energetika xavfsizligiga tahdid solyapti. Bunday vaziyatda barqaror iqtisodiy rivojlanish va xalq farovonligini oshirish yo‘lida to‘siqlar paydo bo‘lishi tabiiy.

    Ana shunday sharoitda, tariflarni bosqichma-bosqich oshirish talab etiladi, zero, boshqacha tarzda muammoni hal etishning iloji yo‘q. Shuningdek, aholini ijtimoiy himoyalash masalasini ham e’tiborga olgan holda, tariflarni quyidagicha belgilash taklif etiladi:

    tabiiy gazga — 1 kubometri 320 so‘mdan (ekvivalentda 3,9 sent), ayni vaqtdagiga nisbatan 10 % ortiq.

    Ma’lumot uchun: Qozog‘istonda 1 kubometr gaz narxi 9,3 sent, Rossiyada — 10,1 sent, Qirg‘izistonda — 20,7 sent;

    elektr energiyasiga — 1 kvt/soati 250 so‘mdan (ekvivalentda 3 sent), ayni vaqtdagiga nisbatan 9,4 % ortiq.

    Ma’lumot uchun: Rossiyada elektr energiyasi narxi o‘rtacha 5,8 sentni tashkil etadi, Qozog‘istonda — 4,6 dan 7,6 sentgacha (ijtimoiy me’yor chegarasida), gidroelektrostansiyalarda arzon elektroenergiya ishlab chiqaradigan Qirg‘iziston va Tojikistonda esa — mos ravishda 1,12 dan 3,15 sentgacha va 1,79 sent;

    benzin va dizel yonilg‘isiga — 1 litr AI-80 markali benzinga 4 000 so‘m (ekvivalentda 48 sent), AI-91 markali benzinga 4 500 so‘m (ekvivalentda 54 sent), dizel yonilg‘isiga 4 800 so‘m (58 sent).

    Ma’lumot uchun: Qozog‘istonda AI-91 markali benzin va dizel yonilg‘isi narxi mos ravishda 41 va o‘rtacha 52 sentni, Qirg‘izistonda — 63 va 65 sentni, Rossiyada — 62 va 69 sentni, Tojikistonda — 90 va 83 sentni tashkil etadi.

    Shu bilan bir qatorda, tariflar o‘sishining aholiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida davlat alohida chora-tadbirlarni ham ko‘zda tutmoqda. Jumladan, aholi uchun issiqlik energiyasi tariflarining oshishini o‘rtacha 10 % darajasida saqlab qolishga qaror qilindi. Bunda soha korxonalarining vujudga keladigan zarari (2019-yilda 286 mlrd so‘m atrofida) budjet subsidiyasi hisobidan qoplanadi. Shuningdek,16 noyabrdan neft mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalari90 % ga pasaytiriladi (masalan, AI-80 benzini uchun 1 litriga 321,4 so‘mdan 32,1 so‘mgacha), tabiiy gaz uchun esa — 25 % dan 15 % gacha.

    Avtomobillarga gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyalar (AGTKS) uchun yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi 1 kubometriga 800 so‘m etib o‘rnatiladi. Bunda, amalda bo‘lgan har bir kubometriga 500 so‘mdan to‘lanadigan maxsus investitsiyaviy ustama bekor qilinadi. Ya’ni, AGTKS uchun yetkaziladigan gaz narxi 789 so‘mdan 800 so‘mga yoki atigi 11 so‘mga (1,4% ga) oshadi.

    Keyingi yangilik — tajriba tariqasida faqat Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joriy etiladi: bunda 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab aholi uchun gaz va elektr energiyasidan foydalanishning bazaviy me’yorlari o‘rnatiladi. Tabiiy gaz uchun foydalanish me’yorlari — besh oylik isitish mavsumida har bir abonentga 1 000 kubometrni, yilning boshqa davrida (hisoblagich mavjudligidan qat’iy nazar) 250 kubometrni tashkil etadi. Elektr energiyasi uchun esa - har bir abonentga bir oyda 300 kvt/soat. Hisob-kitoblar ko‘rsatishicha, kishi boshiga elektr energiya sarfi oyiga o‘rtacha 60 kvt/soat.

    Ma’lumot uchun: MDH ning boshqa mamlakatlarida elektr energiyadan foydalanish bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar o‘rnatilgan. Masalan, Rossiyada ijtimoiy me’yor har bir odamga 1 oyda - 50 dan 350 kvt/soatgacha (hududiga qarab), Ozarbayjonda - 1 abonentga 300 kvt/soat, Qozog‘istonda - 1 odamga 90 dan 160 kvt/soatgacha .Shuningdek, quyidagi oshirish koeffitsiyentlari qo‘llaniladi: Rossiyada – 1,26 marta, Ozarbayjonda – 1,57, Qozog‘istonda – 1,35 va 1,69 marta.

    Poytaxtda o‘tkaziladigan tajriba qatnashchilari me’yorlar chegarasida elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun odatdagi narx bilan, me’yordan ortiq ishlatgani uchun esa 20 % ga qimmatroq to‘lashadi. Bu resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni rag‘batlantiradi. Ushbu yangicha yondashuvni sinovdan o‘tkazilishi kelgusida undan qanday foydalanish, qonunchilikni takomillashtirish va hisob-kitoblarni amalga oshirish kabi masalalar bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish imkonini beradi. Bularning barchasi o‘rtacha daromadli oilalar va aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilishga qaratilmoqda.

    Shu o‘rinda quyidagi misolni keltirish mumkin: Toshkent shahrida maydoni 70 m2 bo‘lgan, 4 kishi yashaydigan 3 xonali kvartirada, avtomashinasi mavjud deb hisoblasak, kommunal xizmatlar, benzin va non uchun xarajatlar oyiga o‘rtacha 57,3 ming so‘mga ortadi (606,8 ming so‘mdan 664,1 ming so‘mgacha), shu jumladan:

    elektroenergiya – 300 kvt/soat (68,6 dan 75,0 ming so‘mgacha);

    tabiiy gaz – 44 m3 (12,7 dan 14,1 ming so‘mgacha);

    issiq suv – 10 m3 (43,5 dan 47,8 ming so‘mgacha);

    isitish – 42 m2 (61,5 dan 67,7 ming so‘mgacha);

    sovuq suv – 20 m3 (7 dan 7,6 ming so‘mgacha);

    XUMSh xizmatlari – 70 m 2 (28 dan 31,5 ming so‘mgacha);

    maishiy chiqindilarni olib ketish – 4 nafar yashovchiga (15,6 dan 18 ming so‘mgacha);

    kanalizatsiya – 40 m3 (8,4 dan 9,4 ming so‘mgacha);

    benzin – 90 litr (342 dan 360 ming so‘mgacha);

    non – 30 dona (19,5 dan 33 ming so‘mgacha);

    Shunday qilib, keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, kommunal xizmatlar (suv, isitish, gaz, elektr energiyasi, maishiy chiqindilarni olib ketish va b.), avtobenzin va nonga ketadigan xarajatlar o‘rtacha10 % ga ortadi.

    Bu yerda 2017-yildan boshlab budjet muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari o‘tgan davrdagi inflyatsiya darajasiga nisbatan oldindan oshirilib borilayotgani va bu aholining xarid qobiliyatini saqlab qolishga xizmat qilishini aytib o‘tish o‘rinli. Masalan, 2018-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha inflyatsiya 6,2 % ni tashkil etgan bo‘lsa, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 15-iyuldan boshlab 7 % ga oshirildi. Shuningdek, joriy yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha inflyatsiya 8,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning qarori bilan ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar ham 1 noyabrdan 10 foizga oshirildi. Iyuldagi ish haqi oshishini hisobga olsak, yil boshiga nisbatan u ayni vaqtda 17,7 % ga ortdi.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan aholi daromadlari va xayot darajasini ko‘tarish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga past maosh oluvchilarning daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha oldindan qo‘shimcha choralar ko‘rish topshirig‘i berildi.

    Shu munosabat bilan 2019-yil 1-yanvardan boshlab Yagona tarif setkasining pastki razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyentlarini o‘rtacha 10 % ga, jumladan 1-razryad bo‘yicha 15 % ga, 2-razryad bo‘yicha 10 % ga,3-razryad bo‘yicha 5 % ga ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda.

    Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli manzilli ravishda budjet tashkilotlarining 360 ming nafardan ziyod xodimlarining ish haqlari oshadi. Masalan, 2019-yilning yanvarida farroshning ish haqi miqdori(YaTS bo‘yicha 1-razryad) 2018-yilning oktabridagi miqdorga nisbatan 121 ming so‘mga yoki 26,5 % ga ko‘payadi.

    Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini oshirish maqsadida 2018-yilning 1-noyabridan boshlab, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam to‘lovlari uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari hajmini qo‘paytirish nazarda tutilgan. Mazkur chora natijasida ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam oladigan kam ta’minlangan oilalar qamrovi o‘rtacha 20 %ga oshirilib, ularning soni 511 mingta oiladan 620 mingta oilagacha yetkaziladi.

    Bunga qo‘shimcha tarzda ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tibbiyot va farmatsevtika sohalari davlat muassasalarida ishlaydigan xodimlarning maoshini keskin oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Yoqilg‘i-energetika kompleksini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari

    Tariflarni oshirish bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar avvalgi yillarda amalga oshirilgan shu kabi qarorlardan tubdan farq qiladi. Eng avvalo shunisi bilanki, ular neft-gaz va energetika sohasida, umuman iqtisodiyotda ro‘yobga chiqarilayotgan strategik islohotlar bilan birga kechmoqda.

    Xo‘sh, qo‘yilgan maqsadga yetish uchun qanday birinchi galdagi vazifava tadbirlar bajarilyapti?

    Birinchidan, davlatimizning makroiqtisodiy siyosatiga prinsipial tuzatishlar kiritildi. Iqtisodiyotda disproporsiyaning vujudga kelishiga fundamental sabab – o‘tgan yillarda energoresurslarning narxiva tariflari paxta xom ashyosi va donning xarid narxlari oshishiga nisbatan yuqori sur’atlar bilan o‘sgan.

    Endi esa paxta xom ashyosi va donning xarid narxlari jahon bozoridagi narxlarga deyarli yaqinlashtirildi. Natijada qishloq xo‘jalik subyektlari tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslari (elektr energiyasi, dizel yonilg‘isi va h.k.) hamda mineral o‘g‘itlar uchun to‘lovlar o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirilmoqda. O‘z navbatida, energoresurslarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ham foydalanilgan tabiiy gaz va boshqa resurslar uchun to‘liqva o‘z vaqtida to‘layaptilar.

    Bundan tashqari, milliy valyutaning rasmiy kursi barqaror bo‘lmaganligi sababli energoresurslar tariflarini har galgi oshirish yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlarining moliyaviy ahvoliva faoliyatini yaxshilashga hech qanday amaliy ta’sir ko‘rsatmagan.

    Hozirgi vaqtda holat sifat jihatdan boshqachadir. Masalan, 2017-yil5-sentabr holatiga dollarning so‘mga nisbatan kursi 8 100 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning 23-oktabrida – 8 226,1 so‘mni tashkil etdi, ya’ni ayirboshlash kursi o‘zgarishlari sezilarsiz darajada saqlanib qoldi. Shunday qilib, milliy valyutaning ayirboshlash kursi barqarorligi ishlab chiqarish korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi muhim omil bo‘lmoqda.

    Ikkinchidan, yoqilg‘i-energetika kompleksi kompaniyalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida katta o‘zgarishlar ko‘zda tutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi “Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini isloh qilish bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish jarayoniga nufuzli xalqaro ekspertlarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlarini nufuzli xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda.

    Ushbu masala bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJ ga Boston Consulting Group kompaniyasi, “O‘zbekenergo” AJ ga – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki guruhi, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘mak ko‘rsatmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-oktabrdagi“Elektroenergetika tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan elektroenergetika tarmog‘ini tubdan isloh qilish jarayoni boshlandi. Mazkur hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligida elektroenergetika tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha komissiya tuzilib, uning zimmasiga Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa qayta tiklash va rivojlantirish banki va Jahon banki guruhi bilan birgalikda:

    2019-yilning 1-martiga qadar xususiy, shuningdek xorijiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash (sotish) korxonalariga, shu jumladan davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida, keng jalb etishni nazarda tutgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish, trasportirovka qilish, taqsimlash va sotishning zamonaviy sxemasini ishlab chiqish. Bunda, elektroenergiyani transportirovka qilish jarayonini to‘liq davlat nazorati ostida saqlab qolish hamda mahsulotlarni tanlovlar asosida bevosita elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalardan xarid qilishga qaratilgan zamonaviy elektroenergiyaning ulgurji bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish;

    2019-yilning 1-apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo tariflar komissiyasini tuzishni nazarda tutgan holda, elektroenergetika tarmog‘iga xususiy sektorni jalb qilishni rag‘batlantiruvchi hamda joriy va kapital xarajatlarni qoplashga asoslangan elektr energiyasi tariflarini hisoblash uslubiyotini ishlab chiqish va boshqalar yuklatilgan.

    Uchinchidan, tarif islohotining muhim tamoyillaridan biri - aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdir. Shu sababli tariflar aholi uchun faqat 5-10% ga oshmoqda.

    Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (gaz quyish shoxobchalari) uchun tariflar deyarli o‘zgarmaydi, bu esa metan narxining ayni paytdagi narxlarini saqlab qolish imkonini beradi. Demak, gaz yonilg‘isida ishlaydigan avtotransportda yuk tashish va taksi xizmatlari qimmatlashmasligi kerak.

    Shu bilan birga qayd etish joizki, yuridik shaxslar uchun tariflarning oshishi (elektr energiyasi 45 % ga, tabiiy gaz 2 baravarga) ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlar va xizmatlarning tannarxida bilvosita aks etadi. Lekin, ko‘pchilik korxonalarda energoresurslarga qilinadigan xarajatlarning ulushi mahsulot tannarxida sezilarli emasligini hisobga olganda, narxlar oshishi iqtisodiyotdagi umumiy inflyatsiya darajasidan ortib ketmasligi kutilmoqda.

    Energiyani ko‘p sarflovchi muayyan tarmoqlar, masalan, qurilish materiallari ishlab chiqarishda tabiiy gaz uchun tariflar amaldagi darajada, ya’ni 1 kubometri uchun 1 000 so‘mligicha qoladi.

    Kimyo sanoati korxonalari uchun, gaz va elektr energiyasi narxlari oshishiga mos ravishda mineral o‘g‘itlar narxi ham ortadi. O‘z navbatida, paxta va bug‘doyning 2019-yil hosili uchun xarid narxlari ham ko‘tariladi.

    Budjet tashkilotlariga elektr energiyasi qo‘shimcha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari hajmi oshadi. Xususan, respublikamizning sug‘oriladigan yerlarini suv resurslari bilan ta’minlovchi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalari uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari hajmi 2018-yildagi 1 827,7 mlrd so‘mdan 2019-yilda 2 857,8 mlrd so‘mgacha oshadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-sonli qaroriga ko‘ra, 1-apreldan boshlab fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos agregatlari tomonidan ishlatiladigan elektr energiyasi xarajatlari ham budjet subsidiyalari hisobidan qoplanadi, va ularning hajmi 2019-yilda joriy yilga nisbatan1,5 baravarga yoki 385 mlrd so‘mgacha ortadi.

    Xulosa qilib, shuni alohida qayd etish joizki, amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi qaysidir muayyan tarmoq yoki kompaniyani qo‘llab-quvvatlash emas, balki bozor iqtisodiyoti tamoyillarini hisobga olib raqobatdosh narxlar asosida aholi va iqtisodiyotni energoresurslar bilan ta’minlashdan iboratdir.

    24.10.2018, 15:35   Izoh (0)   15604
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyati soliqchilari savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar faoliyatida qonunbuzarliklar aniqladi

    24.10.2018, 15:11

    Toshkentda markazlashgan axborot tizimiga ega yagona avtoturargoh tashkil etiladi

    24.10.2018, 14:10

    O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish muammosi qanday yechim topmoqda?

    24.10.2018, 12:16

    InnoWeek innovatsion g‘oyalar haftaligining ilk kunida 9 ta memorandum imzolandi

    24.10.2018, 11:14

    O‘zbekistonda 2018-yilning to‘qqiz oyi yakuniga ko‘ra aholi jon boshiga YaIM hajmi 7,4 mln so‘mni tashkil etdi

    24.10.2018, 10:55

    Toshkent shahridagi elektr tarmoqlari uzoq muddatli ijaraga berilishi mumkin

    24.10.2018, 10:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50

    “Turmushga chiqishimni o‘ylab bunday rollarni rad etyapman”. Aktrisa Nozanin Gaffarova kasbidan voz kechmasligi va katta tanqidga uchragani haqida

    Layfstayl | 12 may, 21:40

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    Dunyo | 12 may, 21:30

    Tramp Istanbulga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi uchrashuvga borishi mumkin

    Dunyo | 12 may, 21:20

    O‘zbekistonning inflyatsiya darajasi eng yuqori hududlari maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 12 may, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.