Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenk O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan hamkorlik rejasini imzoladi. Bu haqda Belarusning “BELTA” agentligi xabar bermoqda.
“O‘zbekiston Prezidenti bilan erishgan barcha kelishuvlarimiz muqaddas. Biz o‘zimizga olgan majburiyatlarimizni albatta bajaramiz. Biz barcha kelishuvlarimiz avval kelishganimizdek bajarishimizni mening mehribon do‘stimga yetkazing”, — dedi Lukashenko.
Lukashenko uning O‘zbekiston tashrifi davomida turli yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlar imzolanganini eslatib o‘tdi.
“O‘zbekiston bilan munosabatlarda biz arzimas ikki yilda yigirma yilda o‘ta olmagan yo‘limizni bosib o‘tdik. Bunda mening xizmatlarim, albatta, qadrdon do‘stim Shavkat Miromonovichnikidan ko‘ra kamroq. U shunchaki tahsinga loyiq. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tahsinga loyiq. Men buni birinchi marta aytayotganim yo‘q. U qo‘shnilar bilan munosabatlarni tezda normallashtirdi. Xalqaro arenada ham o‘zini ajoyib tutmoqda. Uning G‘arb bilan ham, Sharq bilan ham munosabatlari a’lo”, — deya qayd etdi Belarus prezidenti.
Izoh (0)