26-oktabr soat 18:00 da Toshkent fotosuratlar uyida Karimov Fondining O‘zbekiston san’ati va madaniy merosini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan navbatdagi loyihasi – “So‘zananing tug‘ilishi” nomli ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda fondning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Ko‘rgazma Toshkent kashtachilik maktabining mumtoz usul va uslublarini saqlab qolish hamda ularni ijodiy takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, 2018-yil 16-noyabrga qadar davom etadi.
Izoh (0)