Jiu-jitsu bo‘yicha sport ustasi, ostonalik Guljon Nakipova jahonning eng maftunkor sportchilaridan biri deya ta’riflanadi, deb xabar bermoqda Tengrinews.
U o‘zining Instagram’dagi sahifasida sport mashg‘ulotlaridan muntazam videolar e’lon qilib boradi. 26 yoshli sportchi qizning vokal ko‘rsatkichlari ham chakki emas. Ayni vaqtda u talabalarning xorijiy oliygohlarga o‘qishga kirishiga ko‘maklashuvchi agentlik egasi hamdir.
Guljon Qozog‘istonning ko‘p karra chempioni, mamlakat terma jamoasi a’zosi. O‘tgan yili jiu-jitsu bo‘yicha jahon festivalida g‘olib chiqqan, jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritgan.
Uning turmush o‘rtog‘i O‘ljas Idrisov ham sportchi. Er-xotin birga jiu-jitsu bo‘yicha Ostona chempionatida ham g‘alaba qozongan. Qizning tan olishicha, u bu sport turini aynan eri sabab yoqtirib qolgan. Shuningdek, aynan sport uni Qozog‘istonga qaytargan — bungacha Guljon Barselonada yashardi.
Guljonning aytishicha, O‘ljas uning qo‘lini Ostonadagi restoranda, qiz jiu-jitsu bo‘yicha jahon chempionatidan qaytganidan so‘ng so‘ragan. Bunday kutilmagan taklifdan Guljon qo‘lidagi sanchqini ham tushirib yuborgan.
Izoh (0)