Qarshi shahridagi 20 ta chorrahaga haydovchilari tomonidan sodir etiladigan qoidabuzarliklarni qayd etib boruvchi kameralar yil yakuniga qadar ishga tushishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qashqadaryo ziyokori gazetasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Bu kameralar Rossiyaning “Paravan” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bugungi kunda Qarshi shahrida o‘rnatilgan mavjud kameralar “havfsiz shahar” dasturi bo‘yicha faqatgina kuzatuv kameralari vazifasini o‘taydi. Haydovchilar tomonidan sodir etilayotgan qoidabuzarliklarni aniqlamaydi.
Izoh (0)