Xitoyning “Bir makon — bir yo‘l” xalqaro tashabbusi yangi savdo yo‘llarini barpo etish, borlarini takomillashitirishga yo‘naltirilgan. Uning konsepsiyasiga ko‘ra, transport va iqtisodiy koridorlar Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika mamlakatlarini birlashtiradi. Markaziy Osiyo hududiy ekologiya markazi “Bir makon — bir yo‘l” xalqaro koalitsiyasiga qo‘shildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati “Daryo” ga xabar bermoqda.
“Bir makon — bir yo‘l” xalqaro koalitsiyasini tashklil etish tashabbusi 2013-yilda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpindan chiqqan.
Hozirgi vaqtda ushbu yirik loyihaga 80 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlar a’zo.
“Bir makon — bir yo‘l” loyihasi qamrab olgan hududda 4,4 milliard kishi yashaydi, bu esa jahon aholisining 63 foizini tashkil etadi.
Izoh (0)