Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetgani haqida oldinroq xabar berilgandi. O‘yinlar yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik yosh sportchilar tomonidan 14 ta medal (yana 2 ta medal mikst bahslarida: 1 ta oltin, 1 ta bronza) qo‘lga kiritildi. Ularning 4 tasi oltin, 4 tasi kumush va 6 tasi esa bronza medallari bo‘ldi.
Kecha tunda ushbu musobaqada ishtirok etgan sportchilar O‘zbekistonga qaytib keldi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Izoh (0)