Tayvanda poyezd relslaridan chiqib ketishi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, vagonlarda qirqqa yaqin odam qolib ketgan.
Poyezdda sakkizta vagon bo‘lib, shulardan beshtasi ag‘darilib ketgan. Kamida 80 kishi, shu jumladan haydovchi, jarohat oldi.
Favqulodda xizmatlar odamlarni yaqin atrofdagi tibbiyot muassasalariga joylashtirishdi.
Izoh (0)