Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman G‘azo sektori bilan chegaradagi Erez va Kerem-Shalom nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishni buyurdi. Bu haqda 21-oktabr, yakshanba kuni bir nechta axborot agentliklari ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Mudofaa vazirligi nazorat-o‘tkazish punktlarini ochish qarorini oxirgi vaqtlarda G‘azo sektorida zo‘ravonlik bilan bog‘liq hodisalar soni kamayganligi bilan izohladi.
Ta’kidlash joizki, Kerem-Shalom nazorat-o‘tkazish punkti tijorat va gumanitar yuklarni tashish, Erez nazorat-o‘tkazish punkti esa odamlarni o‘tkazish uchun foydalaniladi.
Izoh (0)