18 yoshli amerikalik Dalton Shaffer saratonga chalingan mijozning istagini bajo keltirish uchun qo‘shni shtat, 362 kilometr masofaga pitssa yetkazdi, deb yozadi TJournal.
Indianopolisda yashovchi Rich Morgan va uning rafiqasi Batl Krikdagi (Michigan) sevimli pitsseriyasiga borishni rejalashtirgan edi. Biroq Morganning ahvoli yomonlashganligi sababli uning xospisga yotishiga to‘g‘ri kelgan.
Shunda Morganning qarindoshlaridan biri vaziyat haqida so‘zlab berish uchun pitsseriyaga qo‘ng‘iroq qilgan. U muassasada yetkazish xizmati yo‘qligini bilsa-da, uning xodimlaridan hech bo‘lmaganda otkritka olishga umid qilgan.
Biroq Dalton pitssani shaxsan tayyorlab, avtomobilida uni Morganga yetkazgan. Yo‘l uning 3,5 soat vaqtini olgan.
“Butun oila chiqib, meni quchdi. Bu ajoyib edi”, — deydi Dalton.
Izoh (0)