O‘zbekistonda loyiha qiymati 160 million AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan yangi sement zavodining qurilishiga tamal toshi qo‘yildi, deb xabar beradi Turon 24.
Korxona ishga tushgach, ishlab chiqarish hajmi va texnologiyasi jihatidan Markaziy Osiyoda yagona sanoat obyekti bo‘ladi. Zavod qurilishi uchun “Angren” kichik sanoat hududining Ohangaron blokidan 10 gektar yer maydoni ajratilgan.
“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Botir Zaripovning Turon24ga ma’lum qilishicha, zavod 2020 yilda to‘la qurib bitkaziladi va mahsulot sotishni boshlaydi.
Zavod yuz foiz xorij kapitali asosida quriladi. Loyiha ta’sischisi Xitoyning “Pekin triumf” injinering kompaniyasi hisoblanadi.
Yangi zavod ishga tushgach, 250dan ortiq ishchi o‘rni yaratiladi.
Ma’lumot uchun, Ohangaron shahrida ayni paytda Rossiyaning “Yevrotsement” xoldingi ta’sischiligidagi “Ohangaronsement” aksiyadorlik kompaniyasi ishlab turibdi.
Izoh (0)