O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida xalqaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik qilish, eksport sohasini kengaytirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.
O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashi, Rossiya federatsiyasi moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Rossiya ekspert kengashi va O‘zbekistondagi bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbir ishbilarmonlar uchun muloqot maydoniga aylandi.
Unda mashinasozlik va elektrotexnika, to‘qimachilik sanoati, AKT va sog‘liqni saqlash, neft gaz, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, metallurgiya va konchilik, qurilish sanoati kabi yo‘nalishlarda ikki tomonlama shartnomalar tuzildi.
O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan forum ishtirokchilari mahsulot eksperti, investitsiya kiritish, texnikalar sotib olish yuzasidan kerakli ma’lumotlar oldi.
O‘z yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik qilishni istagan o‘zbekistonliklarga O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Savdo sanoat palatasi mas’ullari ko‘mak berdi.
Kelishuvga erishgan ishbilarmonlar kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Izoh (0)