Moskvada Birinchi Prezident Islom Karimov haykali ochildi. Tantanali tadbirda Prezident Administratsiyasi, senatorlar, deputatlar, hukumat a’zolari, O‘zbekiston Qahramonlari, chempion sportchilar, turli jabhalarda yutuqlarga erishgan yoshlar, nuroniylar, yozuvchi-shoirlar, ilm-fan va san’at namoyandalaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi qatnashdi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.
Islom Karimov siymosi Samarqanddagi Registon majmuasi fonida qad rostlagan. Ushbu loyiha britaniyalik taniqli haykaltarosh Pol Dey g‘oyasidir. Haykalda kuchli iroda sohibi, dono davlat arbobi va xalqparvar siyosatchi siymosi gavdalangan.
“Prezident Vladimir Putin mustaqil O‘zbekiston asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov bilan yaqin do‘stona munosabatda bo‘lgan. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlariga ham ana shu samimiy do‘stlik negizida asos solingan. Vladimir Putin va Rossiya xalqi Islom Karimovni O‘zbekiston taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan, eng murakkab paytlarda tinchlik va barqarorlikni ta’minlagan shaxs sifatida xotirlaydi”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir: Moskvada Islom Karimovning haykali o‘rnatildi
Izoh (0)