O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti A.S. Pushkin nomidagi Leningrad Davlat universiteti bilan o‘zaro kelishuv shartnomasini imzoladi. Bu haqda “Daryo”ga universitet vakillari ma’lum qildi.
Mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan “Rossiya – O'zbekiston” ta'lim forumi doirasida imzolangan ushbu kelishuvda kadrlar almashinuvi, universitetning filiallari, qo‘shma fakultetlar tashkil etilishi va ilmiy ishlar bo‘yicha hamkorlik ko‘zda tutilgan bo‘lib, har ikki universitet ham bu kelishuvdan katta natijalar kutmoqda.
Izoh (0)