O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev bugun, 18-oktabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Rossiya bilan hisob-kitoblarda milliy valyutaga o‘tishda hech qanday to‘siq ko‘rmayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Podrobno” xabar bermoqda.
“Milliy valyutada hisob-kitob qilish masalasi Rossiya hukumati tomonidan ko‘tarilmoqda. O‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutada qilish uchun hech qanday to‘siq ko‘rmayapmiz. Ba’zi mexanizmlarga urg‘u berildi, ularni ishlab chiqishimiz bilan biznesmenlarga taklif qila olamiz deb o‘ylayman. Bularning barchasi kun tartibida. Buning ustida ishlaymiz”, — deya ta’kidladi Xo‘jayev O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikning I Forumida.
Izoh (0)