Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan. Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisob varaqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1183,50 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri - 1123,2 mln.doll.)

Joriy yilning sentabr oyida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1206,85 dan 1183,50 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri - 269,8 mln.doll.)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Shimoliy Koreya “josus” sun’iy yo‘ldoshini uchirish sanasini e’lon qildi
Mahalliy
Xalq demokratik partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat