Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Vali Xidiraliyev va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Jamoat xavfsizligi vazirligi vakili Lyu Tunpin Chen Dunshen boshchiligidagi XXR delegatsiyasi a’zolarini kutib oldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 16-oktabr kuni mehmonlar “Afrosiyob” tezyurar poyezdida Samarqandga jo‘nab ketdi. U yerda Samarqand viloyati IIB Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi faoliyati va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Tashrifning uchinchi kuni mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent markaziy vokzaliga va Xalqaro aeroportga hamda to‘rtinchi kuni Toshkent shahrining turizm obyektlariga tashrif buyuradi. Tashrifdan asosiy maqsad har ikki tomonning temiryo‘llarda xavfsizlikni ta’minlashda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va ushbu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan.
Izoh (0)