• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chiroqchida o‘z qishloqdoshi uyiga bosqinchilikka kirgan fuqarolarga sud hukmi o‘qildi

    Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan fuqarolarga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda sud matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Jalil Do‘smatov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) 24 yoshda bo‘lib, moddiy tomondan qiyinchilik ko‘rmasdan ulg‘aydi. Endigina uylanish, oila qurish yoshida edi. Shu yilning mart oyida uyiga mehmonga kelgan otasining o‘rtog‘i Zafar Raximov o‘ziga tegishli bo‘lgan yerni sotgani haqida eshitib, fikri-xayoli bo‘lindi. Yerni sotishdan olgan pullarni qanday qilib bo‘lsa ham qo‘lga kiritish payiga tushib qoladi.

    Biroq, bu ish uning o‘zi uchun xatarli edi, chunki uni tanib qolishlari mumkin edi. Shu sababli Jalil Do‘smatov o‘ziga jinoiy sherik topishga harakat qila boshladi. “Ko‘r ko‘rni qorong‘uda topadi” deganlaridek, Jalil Do‘smatov qo‘shni qishloqda yashovchi Murod Shokirov bilan uchrashib, o‘z niyatini bayon qiladi. Uning taklifi Murod Shokirovga ham ma’qul keladi. Ikki “do‘st” o‘zlariga yana bir bu borada tajribasi bor, kuch-quvvatli sherik axtara boshlashadi va ilgari o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilib, ushbu jinoyati ochilmasdan qolgani sababli tekin daromadga o‘rgangan Durbek Azizov bilan topishishadi. Ana endi uch olg‘ir yigitlar Zafar Raximovning uyiga kechasi kirish va yerni sotishdan olgan pullarni qo‘lga kiritish rejasini tuzishadi.

    O‘zaro rejaga ko‘ra, qo‘lqop, niqob, skocht o‘rami va pichoq bilan qurollanib, tungi vaqt soat 01:30 larda Zafar Raximovni uyiga bostirib kirishadi. Ularning rejasi amalga oshib, shu kuni uy egasi Raximov ish bilan ketgan, uyda uning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan jiyani yolg‘iz qolgan edi.

    Maqola “qahramonlari” Zafar Raximovning turmush o‘rtog‘i Oynisa Xoliqovaning yolg‘iz ekanligidan foydalanib, uni qo‘rqitib, hayotiga xavf solib, yerni sotishdan olgan pullarni topib berishni talab qilishadi. Yarim tunda qurollangan va niqob taqqangan holda uyiga bostirib kirgan bosqinchilarning avzoyidan qo‘rqqan Oynisa Xoliqova uyda turgan seyfni ochib berishga majbur bo‘ladi. Yigitlar seyf ichidan 500 AQSh dollari va Oynisa Xoliqovaga tegishli bo‘lgan 13 million so‘mdan ziyod turli tilla taqinchoqlarni qo‘lga kiritib, Oynisa Xoliqaning qo‘lini va og‘zini skocht bilan bog‘lab, yarim soat uydan chiqmasdan turishni, aks holda uyni yoqib yuborishlarini aytib, voqea joyidan yashirinishgan.

    Biroq, “Buzoqning qochgani somonxonagacha” deganlaridek, ular tomonidan sodir qilingan bosqinchilik jinoyati huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining tezkor harakatlari natijasida o‘z vaqtida fosh qilindi.

    Tergov-surishtiruv davomida Durbek Azizovning ilgari sodir qilgan o‘g‘irlik jinoyatini ham sodir qilgani, o‘zganing 22 million so‘mdan ortiq mulkini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborilgani ham aniqlandi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida (raislik qiluvchi sudya Sh.Baxtiyorov) mazkur jinoyat ishi ochiq sud majlisida har tomonlama ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchilar Jalil Do‘smatov, Murod Shokirov va Durbek Azizovlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 164-moddasi 3-qismining “v” bandi (bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish) bilan aybdor deb topildilar. Ularning ayblariga iqror va pushaymonliklari, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligi, yoshliklari, yashash joylardan ijobiy tavsiflanganliklari va berilgan kafillik xatlari inobatga olinib, Jalil Do‘stamov va Murod Shokirovlargva O‘zbekiston Respublikasi JKning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llangan holda 6 yildan, Durbek Azizovga esa JKning 59-moddasi tartibida, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Bundan tashqari, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan xususiy ajrim chiqarilib, mahalla, IIB va yoshlar ishtirokida muhokama qilish tuman hokimligi e’tiboriga havola qilindi.

    16.10.2018, 12:15   Izoh (0)   19172
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Soliq sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi

    16.10.2018, 11:52

    Toshkentdagi Shoshtepa arxeologik yodgorligi e’tibortalab hududga aylanib bormoqda (video)

    16.10.2018, 11:24

    DXX Qashqadaryoda qurilishga obyekt ajratish uchun 14 ming dollar so‘ragan shaxsni ushladi (video)

    16.10.2018, 11:17

    Buxoro tumani bosh arxitektori yollanma vakili orqali pora olayotganda qo‘lga tushdi

    16.10.2018, 11:13

    O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida 127,42 mingta avtomobil ishlab chiqarildi

    16.10.2018, 10:56

    Samarqandda ichkilik sabab yana bir vahshiy qotillik yuz berdi

    16.10.2018, 10:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya inqilob arafasida — Telegraph

    Dunyo | 26 avgust, 21:11

    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport

    Reklama | 26 avgust, 20:15

    “Uyda yolg‘iz” komediyasining yulduzi Makoley Kalkin hozir qanday yashaydi?

    Kino | 26 avgust, 20:55

    “Tramp Modiga to‘rt marta qo‘ng‘iroq qildi, biroq u gaplashishdan bosh tortdi” — OAV

    Dunyo | 26 avgust, 20:45

    Google Play’da pul o‘g‘irlaydigan o‘nlab ilovalar aniqlandi

    Dunyo | 26 avgust, 20:35

    Reuters fotojurnalisti agentlikni “Isroil targ‘iboti”da ayblab, ishdan bo‘shadi

    Dunyo | 26 avgust, 20:23

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    Dunyo | 26 avgust, 20:10

    “Trampning Rossiyaga nisbatan sabri tugashiga umid qilaman” — Finlyandiya prezidenti

    Dunyo | 26 avgust, 19:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.