Farhod Salomov Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Farhod Salomov 1979-yilda tug‘ilgan. U bank sohasida 12 yillik tajribaga ega.
U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda AQShdagi Kolorado texnika universitetini tamomlagan.
Salomov AQShning U.S. bankida direktor o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan. U 2012, 2013, 2014-yillarda bank mukofotlari bilan taqdirlangan. 2009-yilda esa faoliyatiga innovatsion tajribalarni tatbiq etgani uchun bankning oliy mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Izoh (0)