Indoneziyaning Shimoliy Sumatra provinsiyasida boshlang‘ich maktab binosining bir qismi qulab tushishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Bino kuchli yomg‘irlar va suv toshqini sababli qulagan. Ular sel oqimlarini yuzaga keltirgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlardan 11 nafari maktab o‘quvchisi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Indoneziyada zilzila va sunami qurbonlari soni 2 088 nafarga yetgan.
Izoh (0)