Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari Yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilishning yanada samarali usullarini qidirib, hamkorlik uchun din vakillariga murojaat qildi, deyiladi IIBB xabarida.
IIBBning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi va o‘tgan juma — Yo‘l harakati xavfsizligi kunida — poytaxtning barcha masjidlarida imomlar juma namoziga kelganlarni Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilishga da’vat etdi.
Avtoturargohlarga mashinalarni to‘xtatish, shu jumladan, masjidlar yonidagi to‘xtash joylaridan to‘g‘ri foydalanish, yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga hurmat, maxsus transport — “Tez yordam”, o‘t o‘chirish mashinalarini o‘tkazib yuborish, yosh bolani tizzasiga o‘tqizib mashina haydash va boshqa masalalar haqida gapirildi.
Izoh (0)