O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi tayinlash tizimini to‘liq qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hukumatga budjet tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishni topshirdi. Hujjat ish haqi miqdorining uning natijalari, murakkabligi va mas’uliyati bilan tig‘iz aloqadorligini ta’minlashi lozim.
Konsepsiyani ishlab chiqishga xalqaro moliyaviy institutlar jalb etiladi. Vazirlar Mahkamasi hujjat tayyorlashni 2019-yil 1-sentabrga qadar yakunlashi lozim.
Shuningdek, davlat rahbari 2019-yil 1-yanvardan Yagona tarif setkasi tarif koeffitsentlarini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi. Bunda ish haqi past bo‘lgan quyi razryadlar tarif koeffitsentlarini o‘rtacha 10 foiz, jumladan, 1-razryadni 15, 2-razryadni 10 va 3-razryadni 5 foizga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)