Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari prokuratura vakillari bilan hamkorlikda yil boshidan beri valyutafurushlardan 73 milliard so‘mdan oshiq chet el valyutasini musodara qildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

Foto: “O‘zbekiston 24”

O‘tgan vaqt mobaynida ularga nisbatan 1498 ta ma’muriy va 389 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Oxirgi paytlarning o‘zida huquq-tartibot idoralari xorijiy valyuta oldi-sotdisiga oid bir necha yirik holatlarni fosh etdi.

Jumladan, Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida ikki nafar bank xodimi va fuqaro N.B 19 ming dollarni 160 million so‘mga sotayotganda qo‘lga olindi.

Shuningdek, Samarqand viloyatidagi “Marmar” bozori hududida 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro S.P. 10400 dollarni 84,9 million so‘mga sotayotganda ushlandi. Uning avtomobilidan yana 60 ming dollar topildi, jami esa 72 ming dollardan oshiq valyuta musodara etildi.