Ukrainaning Xerson viloyatidagi Arabat kurort hududida arxeologlar bronza davriga oid qo‘rg‘onda turli madaniyatlarga tegishli 16 ta qabrni ochdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
2018-yilning 17-sentabridan 9-oktabrigacha davom etgan Arabat arxeologik ekspeditsiyasi davomida Ukraina fanlar akademiyasining Arxeologiya instituti xodimlari bronza asri qo‘rg‘onida qazilma ishlarini olib borgan. Dastlabki topilma birinchi kundayoq aniqlangan. U harbiy sarkardaning qoldiqlari bo‘lgan.
Arxeologlar qo‘rg‘onda jami 16 ta qabrni ochgan. Ulardan yettitasi Yamna madaniyatiga, bittasi Katakomba madaniyatiga, yana bittasi Srubna madaniyatiga taalluqli bo‘lgan. Ikkita qabr kechki O‘rta asrlar madaniyati, uchtasi Babye madaniyati va yana bittasi Roksolan madaniyati vakillari tomonidan qoldirilgan.
Izoh (0)