Kecha, 12-oktabr sanasida FIFA kunlari doirasida Millatlar Ligasi musobaqasida bir nechta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xususan, Belgiya terma jamoasi o‘z maydonida Shveysariya bilan kurash olib borib, Romelu Lukakuning dubl evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Xorvatiya esa o‘z uyida Angliyaga bahsga kirishib, 0:0 hisobida durang qayd etdi.
Avstriya Shimoliy Irlandiyani qabul qilib, Marko Arnautovichning, Gretsiya esa Vengriyaga qarshi maydonga tushib, Kostas Mitro‘g‘luning yagona goli evaziga o‘z hisoblariga uch ochkodan yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Millatlar Ligasi
12-oktabr, juma
Izoh (0)