Bugun Sergeli tumanida o‘z uy-joyiga ega bo‘lmagan, imkoniyati cheklangan 110 nafar oilaga tantanali ravishda turar joy kalitlari topshirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev yangi xonadon egalarini qutlab, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda ekanligini ta’kidladi.
“26-yanvarda uy olish masalasida tuman hokimiyatiga murojaat qilgan edim. Oradan 8 oy o‘tib o‘z orzuimga erishdim. Bizni qo‘llab-quvvatlab, mana shunday xayrli ishlarni amalga oshirayotgan Prezidentimizga minnatdorchilik bildiraman”, — deydi Malika Erdimova.
Ma’lumot uchun, o‘tgan 2017-yilda poytaxtda 104 nafar uy-joyga muhtoj oilaga bepul va boshlang‘ich to‘lovlarni to‘lab berish asosida uy berilgan. Joriy yilning 9 oyida esa ijtimoiy himoyaga muhtoj 162 nafar oila o‘z xonadonlariga ega bo‘ldi.
Izoh (0)