National Geographic Traveler jurnali bugun, 12-oktabr kuni eng ommabop hordiq turlari bo‘yicha eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari mukofoti — National Geographic Traveler Awards 2018 uchun ovoz berish jarayonini yakunlaydi. 25 ta asosiy nominatsiyalar bo‘yicha onlayn ovoz berish 22-iyunda boshlangan edi.
Reytingning “Gastronomik turizm” yo‘nalishida O‘zbekiston birinchi o‘rinda bormoqda. Mamlakat 33 foiz ovoz to‘plagan. Undan keyin Italiya (21 foiz), Ozarbayjon (18 foiz), Fransiya (13 foiz), Armaniston (7 foiz), Janubiy Koreya (5 foiz) va Shvetsiya (3 foiz) joylashdi.
Izoh (0)